AQSh moliya vazirligi Amerika kompaniyalari filiallariga Eronda ishlashga ijozat berdi

Iqtisodiyot 09:02 / 17.01.2016 2976

Qo‘shma Shtatlar moliya vazirligi Amerika kompaniyalarining xorijdagi filiallariga Eronda faoliyat yuritishlariga ruxsat berdi, deya xabar tarqatdi Reuters.

Bundan avvalroq esa Barak Obama MAGATE hisobotidan so‘ng Erondan sanksiyalarni olib tashlash to‘g‘risidagi qarorga imzo chekkani ma'lum bo‘ldi.

Sanktsiyalarning olib tashlanishi to‘g‘risida YeIning xorijiy ishlar bo‘yicha vakili Federika Mogerini ham ma'lum qildi.

MAGATE rahbari Yukiya Amano aytishicha, tashkilot Eronning atom bo‘yicha kelishuvni implementatsiya qilish (amalga oshirish) uchun barcha talablarni bajarganini tasdiqlaydi.

Eslatib o‘tamiz, sanksiyalar bekor qilinganidan so‘ng Eron xorijdagi muzlatib qo‘yilgan hisob raqamlaridan qaytadan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Amerika moliya vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, Eronning qariyb 50 milliard dollar mablag‘i muzlatilgan. Shuningdek, Eron neft eksporti hajmini kuniga 500 ming barrelga qadar oshiradi.

Ko‘proq yangiliklar: