Xitoyning sobiq moliya vaziri OIIB rahbariga aylandi

Iqtisodiyot 12:36 / 16.01.2016 3700

Xitoyning sobiq moliya vaziri Tszin Litsyun Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining (AIIB) yangi rahbari sifatida ish boshlaydi. Bu haqda "RIA Novosti" agentligi xabar bergan.

Xitoyning amaldagi moliya vazir Lou Tsziveyning so‘zlariga ko‘ra, u bank prezidentligiga ishchi yig‘ilish vaqtida saylangan.

2014 yilning 24 oktabr kuni Xitoyning Pekin shahrida OIIBni tuzish bo‘yicha o‘zaro hamjihatlik haqidagi memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tgandi.

Xitoydan tashqari bu memorandumni Hindiston, Singapur, Vetnam, Filippin, Mongoliya, Bangladesh, Bruney, Kamboja, Qozog‘iston, Xitoy, Kuvayt, Laos, Malayziya, Myanma, Nepal, Ummon, Pokiston, Qatar, Shri-Lanka, Tailand va O‘zbekiston imzolagan.

Bu moliyaviy muassasaning asosiy maqsadi Osiyo mamlakatlarida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishdan iborat. Moliyalashtirishning asosiy yo‘nalishlari energetika, transport, logistika, shahar va qishloq infratuzilmasi bo‘lishi nazarda tutilgan.

OIIBning bosh qarorgohi Pekinda joylashadi. Uning boshlang‘ich kapitali 50 milliard dollar, kelajakda 100 milliard dollargacha ko‘paytirilishi ko‘zda tutilgan.

16-18 yanvar kunlari Pekinda OIIBning direktorlar va boshqaruv kengashi uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Visual Capitalist: OIIB dollarning tushishiga olib keladi

Xitoy Tayvanning Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankiga a'zo bo‘lishini ma'qulladi

Ko‘proq yangiliklar: