Venesueladagi inflyatsiya darajasi 141,5 foizni tashkil etmoqda

Iqtisodiyot 11:42 / 16.01.2016 3050

2014 yilning sentabridan 2015 yilning sentabrigacha Venesuelada inflyatsiya 141,5 foizni tashkil etgan. Bu haqda RNS xabar bergan.

Venesuela markaziy banki ma'lumotiga ko‘ra, mamlakatda 2015 yilning uchinchi choragi natijalariga ko‘ra YaIM ko‘rsatkichlari 1 yil oldingi ko‘rsatkichlarga nisbatan 7,1 foizga past bo‘ldi.

Bundan oldinroq, Venesuelada 60 kunlik favqulodda iqtisodiy holat e'lon qilingani haqida xabar berilgandi.

Ayni vaqtda Venesuelada mahsulotlar taqchilligi, yuqori inflyatsiya va davlat daromadlarining keskin qisqarishi, neft narxlari pasayishi hamda muxolifatning parlamentni boshqara boshlashi bilan bog‘liq holda boshqaruv organlaridagi inqiroz boshlangani tufayli og‘ir vaziyat hukm surmoqda.

Bloomberg: 2016 yilning eng yomon iqtisodiyoti Venesuela bo‘ladi

Maduro Venesuela iqtisodiyoti bo‘yicha favqulodda reja joriy etilayotganini e'lon qildi

Venesuelada 60 kunlik favqulodda iqtisodiy holat e'lon qilindi

Ko‘proq yangiliklar: