Shohtepa konida 350 million kubmetrdan ortiq gaz qazib olindi

Iqtisodiyot 08:52 / 16.01.2016 3844

O‘zbekistonning shimoliy-g‘arbida joylashgan Shohtepa konidan gaz qazib olish 2015 yilda 350 million kubmetrdan ortiqni tashkil etdi, bu esa o‘tgan yilgi ishlab chiqarish hajmidan 20 mln m³ ga ortiq. Bu haqida Gazprom International xabar bermoqda.

2015 yil davomida Gazprom International mutaxassislari kondagi amaldagi quduqlar fondini 24taga yetkazishdi; bir kunlik qazib olish 1 million kubmetrdan oshdi.

2004 yildan beri kondagi umumiy jamlangan qazib olish bugungi kunda 3,2 milliard kubmetrdan oshdi.

Shohtepa – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumani hududidagi Ustyurt platosining janubiy-sharqiy qismida joylashgan gaz konidir. Kon 1962 yilda ochilgan. 1971 yildan 2002 yilgacha bo‘lgan ekspluatatsiya davri mobaynida kondan 36,5 milliard kubmetr gaz qazib olingan, bu esa dastlab tasdiqlangan zaxiraning 79 foizini tashkil etadi. Hozirda Shohtepa gaz qazilmalari zaxirasi taxminan 8 millard kubmetr deya baholanyapti.

Shohtepani qayta ta'mirlash - O‘zbekiston Respublikasidagi Gazprom International’ning sinov loyihasi, u 2004 yilda 15 yil muddatga imzolangan Bitimning mahsulotlar bo‘limi shartlari asosida amalga oshirilmoqda.

2004 yildan boshlab, litsenziya doirasida konning to‘rtta samarali qatlamlarida quduqlarni kapital ta'mirlash va xom-ashyo qazib olish ishlari olib borilmoqda.

Shohtepada qazib olingan gaz «Karakalpakskaya» kompressor stansiyasi, undan keyin O‘rta Osiyo Markaz gaz quvuri bo‘ylab iste'molchilarga yetkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: