Rossiyaning "Silmash" kompaniyasi 2015 yilda O‘zbekistonda Chorvoq GESi modernizatsiyasini tugalladi

Iqtisodiyot 21:45 / 16.01.2016 7848

Rossiyaning «Silovyye mashiny» kompaniyasi 2015 yilda O‘zbekistonning Toshkent viloyatida 56,5 mln dollarlik loyiha - Chorvoq GESi modernizatsiyasini tugatdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 2015 yil yakunlariga bag‘ishlangan hukumat yig‘ilishida qilgan ma'ruzasida aytib o‘tgan.

2012 yilning may oyida «Silovyye mashiny» aksiyadorlik kompaniyasi «Kaskad O‘rta-Chirchiq GES» unitar korxonasi bilan to‘rtta gidro elektr stansiyalarini ta'mirlash bo‘yicha shartnoma imzolagandi.

Chorvoq GES uskunalarini almashtirish natijasida mazkur elektr inshootining quvvati 45,5 MVtga yetishi va yiliga qo‘shimcha 120 million kVt-ch elektr energiya ishlab chiqarish imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilgandi.

Loyihani moliyalashtirish uchun sarflanadigan 56,5 million dollarning 35 million dollari O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan, «O‘zbekenergo» DAK mablag‘lari hisobidan qoplangan.

Shartnomani amalga oshirish muddati uch yil qilib belgilangandi.

Chorvoq GES Chirchiq-Bo‘zsuv kaskadining tarkibidagi asosiy, va eng katta quvvatli gidroelektrostansiyadir (620 MVt).

Bugungi kunda O‘zbekiston energetika tizimida umumiy quvvati 12,4 ming MVt dan ortiq bo‘lgan 45 ta elektrostansiya ishlaydi, O‘zbekenergo DAK dagi 16ta elektrostansiyalarning jami quvvati 12,04 ming MVt.

"O‘zbekenergo"ning gidroelektroenergiya ishlab chiqaruvchi korxonalari ichida Farhod GES va Toshkent viloyatidagi 5ta GES kaskadlari bo‘lib, ko‘zda tutilgan quvvati 1973 MVt.

Elektr energiyaning qolgan qismini sanoat korxonalarining musaqil issiqlik elektr stansiyalari hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimiga kiruvchi kichik GESlar ishlab chiqaradi. Elektr energiyasini ishlab chiqarishning salohiyati 56-57 milliard kVt.soat.

Ko‘proq yangiliklar: