Pekinda Osiyo infratuzilma investitsiya banki ish boshladi

Iqtisodiyot 11:02 / 16.01.2016 3414

Osiyo infratuzilma investitsiya banki (AIIB) o‘z ishini boshladi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”.Tantanali ochilish marosimi Xitoy poytaxti Pekin shahrida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bankning 57 ishtirokchi davlati delegatlari tugmani bosib, uni ishga tushirdi.XXR raisi Si Tszinpin Xitoy hukumati rivojlanishi sustroq ishtirokchi davlatlarga infratuzilma loyihalarini yaratishi uchun 50 million dollar ajratishini e'lon qildi.

“Biz yaqin vaqtlarda AIIB`ning kamroq rivojlangan ishtirokchi davlatlariga infratuzilmaviy loyihalarni ishlab chiqishlariga yordamlashish maqsadida loyihalarni tayyorlash bo‘yicha maxsus fondni tuzishlari uchun 50 million dollar ajratamiz”, - dedi Si Tszinpin.

Xitoy Moliya vaziri Lou Tszivey mazkur bankning raisi etib tayinlandi, deya xabar qildi “Sinxua”.Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 29 iyun kuni Xitoy poytaxtida 57 ta mamlakat vakillari ishtirokida Osiyo infratuzilma investitsiya bankini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi.

Bankning nizom kapitali 100 milliard AQSh dollarini tashkil etib, Xitoy, Hindiston va Rossiya ushbu moliyaviy muassasaning asosiy muassislari hisoblanadi.
Bankka a'zo bo‘lganlar orasida Buyuk Britaniya, Indoneziya, Isroil, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Vetnam kabi mamlakatlar qatorida O‘zbekiston ham bor.

Ko‘proq yangiliklar: