Jahon banki Kolumbiya rivoji uchun 1,5 milliard dollarga yaqin mablag‘ ajratadi

Iqtisodiyot 08:07 / 16.01.2016 2530

Jahon banki joriy yilda Kolumbiya hukumatiga 1,4 milliard AQSh dollari ajratadi va Kolumbiya hukumatidan muvofiq talabnoma kelib tushsa, mazkur mablag‘ni oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqadi, deya xabar qilmoqda RIA «Novosti».

“Bir necha yil oldin Jahon bankining Kolumbiyadagi loyihalariga 150 million dollar ajratilgan edi, biroq joriy yilda bu ko‘rsatkich 1,4 milliard dollarni tashkil qildi.

Ko‘proq hajmdagi vositalar talab etilsa, hukumatning bu mablag‘ni oshirish bo‘yicha talabnomasini ko‘rib chiqishga tayyormiz”, - deya bayon qilgan Jahon banki prezidenti Yon Kim.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat va “Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari” guruhi o‘rtasida tinchlik bitimining imzolanishi yarim asr davomida qurollangan ichki mojarodan aziyat chekkan mamlakatda “rivojlanish va gullab-yashnash” davrining ibtidosiga aylanadi.

Hukumatning 6 million kishining qashshoqlik chegarasida yashamasligiga erishishi, aholining yarmidan ortig‘ini o‘rta sinf tashkil etishi katta muvaffaqiyatdan dalolat beradi.

Jahon banki prezidenti Kolumbiyani Lotin Amerikasidagi eng kuchli iqtisodiyotlardan biriga aylantirgan Kolumbiya hukumati harakatlarini alohida qayd etdi. Neftning jahon bozoridagi narhi tushib borayotganligiga qarmay, mamlakatda iqtisodiy o‘sish saqlanmoqda.

Bitim imzolanishidan bevosita foydaga ega bo‘ladigan asosiy tarmoqlar - qishloq xo‘jaligi va turizm. Jim Yon Kim qurolli mojaroning barham topishi Kolumbiyaga bevosita xorijiy investitsiyalar oqimi ortishiga sabab bo‘lishini qayd etgan.

Ko‘proq yangiliklar: