2015 yilda yalpi ichki mahsulot o‘sishining yarmidan ko‘pi xizmat ko‘rsatish sohasi hissasiga to‘g‘ri keldi

Iqtisodiyot 10:01 / 16.01.2016 5057

Bugungi kunda xizmat ko‘rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2010 yildagi 49 foizdan 54,5 foizga yetdi. Jami band aholining yarmidan ko‘pi ushbu sohada mehnat qilmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 15 yanvar kuni mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma'ruzasida ma'lum qildi.

Bank, sug‘urta, lizing, konsalting va boshqa turdagi bozor xizmatlari barqaror sur'atlar bilan rivojlanmoqda, ular xususiy sektor va kichik biznes rivojiga xizmat qilmoqda. Xizmat ko‘rsatish sohasida 80 ming 400 ta kichik biznes sub'yekti faoliyat yuritmoqda va bu xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari umumiy sonining 80 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi.

Qishloq va tumanlarimizda xizmat ko‘rsatish sohasini izchil rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini yanada jadal rivojlantirish dasturi doirasida so‘nggi uch yilda 22 ming 800 dan ortiq loyiha amalga oshirildi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi 1,6 barobar, qishloqda bir kishiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi 1,5 barobar oshdi.

Ko‘proq yangiliklar: