2015 yilda Toshkent IESda 512 mln dollarlik modernizatsiya ishlari amalga oshirildi

Iqtisodiyot 23:15 / 16.01.2016 5167

Slovakiyaning Synecta a.s. va Istroenergo Group kompaniyalaridan iborat xalqaro konsorsiumi, shuningdek Polshaning SNC Lavalin Polska kompaniyasi Toshkent issiqlik elektrostansiyasida modernizatsiya ishlarini yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 2015 yil yakunlariga bag‘ishlangan hukumat yig‘ilishida qilgan ma'ruzasida aytib o‘tgan.

2015 yilning oxirigacha tugallangan loyihalar orasida 512 million dollarlik 370 MVt quvvatiga ega bug‘-gaz qurilmasini qurilgani bo‘ldi. 2,8 milliard kilovatt-soat elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaradigan bunday qurilma yiliga 250-300 million kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi.

Bu loyihani amalga oshirish ishlari 2012 yilning martida boshlangandi. Kerakli uskunalar General Electric tomonidan yetkazib berilgan.

Ushbu loyiha Xitoy Davlat taraqqiyot banki (220 mln. AQSh dollari), O‘zbekiston Rekonstruksiya va rivojlanish fondi (76,2 mln dollar) kreditlari, Synecta a.s mahsulot zayomi (68,9 mln dollar), “O‘zbekenergo”ning shaxsiy mablag‘lari (117,7 mln dollar), “O‘zsanoatqurilishbank” (26,9 mln dollar) va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (2 mln dollardan ortiq) kreditlari hisobiga moliyalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: