“Gazprom” “Turkmangaz”dan gaz sotib olishni to‘xtatadi

Iqtisodiyot 09:18 / 16.01.2016 4457

“Gazpromeksport” “Turkmangaz” davlat konserniga rasmiy tarzda mamlakatlar o‘rtasidagi gaz oldi-sotdi shartnomasining 2016 yilning 1 yanvardan boshlab, bir tomonlama tartibda muddatidan avval to‘xtatilishi haqida rasmiy tarzda ma'lumot berdi, deyilmoqda turkman kompaniyasiga berilgan xabarda.

Avvalroq davlat konserni rahbariyati tomonidan “Turkmangaz” “Gazprom” bilan Rossiyaga gaz yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyor ekanligi ma'lum qilingan edi.

Ma'lumot uchun, 2008 yildagi jahon moliyaviy inqiroziga qadar Rossiya turkman gazining asosiy xaridori bo‘lgan. O‘sha vaqtda Turkmaniston Rossiyaga yiliga qariyb 50 milliard kub metr miqdoridagi tabiiy gazni yetkazib bergan. Inqiroz tufayli ushbu miqdor yiliga 10 milliard kub metrga tushgan bo‘lib, 2015 yilda esa 4 milliard kub metrni tashkil etdi.

Ko‘proq yangiliklar: