Saudiya Arabistoni yangi suveren jamg‘arma yaratadi

Iqtisodiyot 10:20 / 15.01.2016 3040

Saudiya Arabistoni neft boyliklarini boshqarish va investitsiyalarini diversifikatsiya qilish maqsadida yangi suveren jamg‘arma tashkil qiladi. Bu haqda manbalariga tayangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, qirollik hukumati investitsion banklar va konsalting kompaniyalarining takliflarini kutmoqda. 2015 yil oxirida hukumat ulardan yangi jamg‘arma strukturasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishni so‘ragan edi.

“Valyuta kiritmalarini yaxshi darajada saqlab qolish moliyaviy pozitsiyani mustahkamlash va riyolni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur”, - dedi agentlikning suhbatdoshi.

Ko‘proq yangiliklar: