Rossiya FAX rahbari «Gazprom» reklamasidan xalq boyligi haqidagi so‘zlar olib tashlanishiga erishgan

Iqtisodiyot 16:32 / 15.01.2016 3585

Rossiya Federal antimonopoliya xizmati (FAS) rahbari Igor Artemyovning ta'kidlashicha, u «Gazprom»ning reklamasidagi «milliy xazina» jumlasini oldirib tashashga erishgan. Bu haqda «Interfaks» axborot agentligi xabar tarqatdi.

«Xazina odamlar yoki shunga o‘xshash narsalar bo‘lishi mumkin, lekin «Gazprom» emas, — ta'kidladi u.

Artemyovning aytishicha, mazkur masalani u Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokidagi yig‘ilishlardan birida ko‘targan va taxminan olti oycha oldin «Gazprom» o‘z reklamalaridan bu jumlani olib tashlagandi.

Ko‘proq yangiliklar: