Qozog‘iston iqtisodiyoti 2015 yil yakunlariga ko‘ra 1.2 foizga o‘sdi

Iqtisodiyot 12:50 / 15.01.2016 6892

2015 yil yakunlariga ko‘ra Qozog‘istonda YaIM 1.2 foizga o‘sdi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari Baqitjon Sagintayev ma'lumot berdi.

“Iqtisodiy o‘sishga qaramay, respublikada sanoat ishlab chiqarishi 1.6 foizga qisqardi. Bu tog‘-kon ishlab chiqarishidagi 2.5 foizlik tushish bilan bog‘liq”, - uning so‘zlarini keltiradi Interfaks agentligi.

O‘z navbatida, tog‘-kon ishlab chiqarishi hajmiga Xitoyda bo‘lgan talabning kamayishi oqibatida neft qazib olish hajmining 1.7 foizga, ko‘mir qazib olish hajmining 5 foizga, temir rudasi qazib olish hajmining 22 foizga tushishi sabab bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: