Poroshenko Roshen’dagi ulushini ishonchli boshqaruvchilarga topshirdi

Iqtisodiyot 08:16 / 15.01.2016 3865

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Roshen’dagi ulushi ishonchli boshkaruvchilarga (“ko‘r-ko‘rona trast”) berib yuborilishi haqidagi shartnomani imzoladi, deya xabar qilmoqda “112 Ukraina” telekanali.

“Men bu yil va nihoyat shartnomani imzoladim. Chunki bu modelga asoslangan mustaqil trastga «Roshen»dagi ulushimning o‘tkazilishi to‘g‘risidagi masalalar haqiqatan ham ko‘p vaqtimni olayotgan edi”, - deydi u.

Ilgariroq Ukrainadagi “Ashan” savdo tarmoqlari do‘koni prezident Petro Poroshenkoga tegishli bo‘lgan Roshen kompaniyasi tortlarini sotishni rad etganligi xabar qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: