Islom Karimov: O‘zbekistonda YaIM o‘sishi 2015 yilda 8 foizni tashkil qildi

Iqtisodiyot 21:59 / 15.01.2016 6330

O‘zbekistonda YaIM o‘sishi 2015 yilda 8 foizga teng bo‘ldi. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 15 yanvar kuni o‘tkazilgan Vazirlar Mahkamasining o‘tgan yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishida ma'lum qildi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yilda sanoat ishlab chiqarishi 8 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari — 6,8 foiz, o‘zlashtirilgan investitsiyalar 9,5 foiz (2014 yildagi ko‘rsatkichlar mos ravishda 8,3 foiz, 6,9 foiz va 10,9 foiz ko‘riniishida bo‘lgandi) o‘sishni ko‘rsatdi.

Prezidentning ma'lum qilishicha, 2015 yilda xorijiy investitsiyalarning O‘zbekiston iqtisodidagi ulushi 3,3 milliard dollarni tashkil qildi. Shundan 73 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisoblanadi. O‘tgan yilda yuqori texnologik va zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha 158ta investitsiya loyihasini amalga oshirish tugallandi va bu ishlar uchun 7,2 milliard dollar miqdoridagi mablag‘ yo‘naltirildi.

2016 yilgi YaIM o‘sishi 7.8 foizni tashkil qilishi kutilmoqda. Prognozlarga ko‘ra sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 8.2 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 6.1 foizga, kapital qo‘yilmalar hajmi 9.6 foizga o‘sishi nazarda tutilgan. Byudjyetning katta qismi ijtimoiy sohalar rivojlantirilishi uchun sarflanishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: