Goldman Sachs banki qimmatbaho qog‘ozlar savdosida yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun 5 mlrd dollar tovon to‘laydi

Iqtisodiyot 12:04 / 15.01.2016 2838

AQShning Goldman Sachs banki 2005-2007 yillarda qimmatbaho qog‘ozlar savdosida yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun 5.06 mlrd dollar hajmida tovon to‘laydi. Bu haqda moliyaviy institutning bayonotida ta'kidlandi.

Sudoldi kelishuvi shartlariga ko‘ra, bank ayrim mijozlariga ipoteka kreditlarining to‘lashda imtiyozlar taqdim etadi. Mazkur kompensatsiya taqdim etilganidan so‘ng AQSh hukumati o‘zining da'vosidan voz kechadi.

AQSh moliyaviy regulyatorlarining fikricha, mazkur bank jahon moliyaviy inqirozi chog‘ida qimmatbaho qog‘ozlar bilan bog‘liq xatarlar bahosini tushirgan va shu yo‘l bilan ularni hukumat bilan bog‘liq Fannie Mae va Freddie Mac ipoteka kompaniyalariga sotgan.

Moliya vazirligi bir necha yillardan buyon banklar tomonidan yetkazilgan zararning qoplanishiga erishish uchun harakat qildi. Natijada shu kunlarda sudoldi kelishuviga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: