Brent va WTI nefti narxlari yana 30 dollardan pastga tushdi

Iqtisodiyot 18:58 / 15.01.2016 3825

London va Nyu-York birjalaridagi elektron savdolar jarayonida neftning jahon narxi tushishda davom etdi.

Jumladan, WTI markasidagi yengil neft fevral fyucherslari Nyu-York savdo birjasi (NYMEX)da 4,39 foizga arzonlashib, bir barreli uchun 29,85 dollargacha tushib ketgan.

Londonning ICE Futures birjasida fevralda yetkazib beriladigan Brent markasidagi neft fyucherslari 3,8 foizga arzonlab, bir barreli uchun 29,83 dollarni tashkil etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: