Gonkong dollari 2003 yildan buyon eng jiddiy qadrsizlanishga uchradi

Iqtisodiyot 17:30 / 14.01.2016 3568

Bugun Gonkong dollari 2003 yil oktabridan buyon eng jiddiy bir kunlik qadrsizlanishga uchradi. U 0.21 foizga arzonlashib, 1 AQSh dollari narxi 7.7761 Gonkong dollariga tenglashdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Tahlilchilarning fikricha, mahalliy valyutaga moliyaviy operatsiyalarning AQSh dollariga bog‘lanishi bekor qilinishi mumkinligi haqidagi gaplar hamda yuanning ofshor kurslari tushib ketishi mumkinligi bosim o‘tkazmoqda.

Gonkong dollari 1983 yildan buyon AQSh dollariga bog‘lab qo‘yilgan bo‘lib, uning kursi 1 AQSh dollari/7.75-7.85 Gonkong dollari hajmida turishi belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: