Brent toifasidagi neft narxi yana 30 dollardan pastladi

Iqtisodiyot 11:35 / 14.01.2016 3247

London va Nyu-York birjalaridagi elektron savdolar jarayonida neftning jahon narxi turli yo‘nalishlarni aks ettirdi.

Jumladan, Nyu-York tovar birjasi (NYMEX)dagi fevral fyucherslarida WTI rusumli yengil neft bahosi 0,2 foizga qimmatlab, bir barreli uchun 30,54 dollarga yetdi.

Londonning ICE Futures birjasi fyucherslarida esa fevral oyida yetkazib beriladigan Brent markali neft bahosi 0,86 foizga arzonlab, bir barreli uchun 29,99 dollarni tashkil etdi.

Bundan avvalroq esa Nyu-York birjasidagi (NYMEX) savdolar chog‘ida neftning WTI (West Texas Intermediate) turining narxi 3,79 foizga, ya'ni barreli uchun 30,2 dollarga tushgani xabar qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: