2016 yilda “O‘zbekneftgaz” 624 mln dollarlik loyihalarni yakuniga yetkazadi

Iqtisodiyot 11:54 / 14.01.2016 2566

“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi 2016 yilda umumiy qiymati 624.1 mln dollarga teng bo‘lgan loyihalarni yakuniga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu joriy yil uchun davlat investitsion dasturida ko‘zda tutilgan.

Hujjatda investitsion dasturga kiritilgan to‘qqiz loyihaning amalga oshirilish grafigi tasdiqlandi. Xususan, noyabr oyida xolding Muborak gazni qayta ishlash zavodi modernizatsiyasini yakunlaydi. Bu loyiha qiymati 264.4 mln dollarga teng.

U uch gazni oltingugurt tozalash blokining qurilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, mazkur bloklarning umumiy quvvati yiliga 6 mlrd kubometrni tashkil qiladi.

Yilning ikkinchi yarmida xolding Qashqadaryo viloyatidagi ikki konni jihozlashni yakuniga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu ishga 294 mlrd dollar sarflanadi.

Bundan tashqari, avtotransport vositalari uchun gaz-ballon uskunalari o‘rnatish markazlari tarmog‘i yaratiladi, kompaniya korxonalarida energiya tejovchi uskunalar o‘rnatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: