Xomashyo tovarlarining narxi 1991 yildagi eng past darajaga tushib ketdi

Iqtisodiyot 08:04 / 13.01.2016 6641

Bloomberg tomonidan chiqariladigan xomashyo indeksi 1991 yildan buyon eng past darajaga tushib ketdi.

Xitoy iqtisodiyotining qulashi tahdidi tufayli metall va energiya tashuvchilar bozorida inqiroz kelib chiqishi xavfi bunga sabab bo‘ldi.

Xom ashyo kompaniyalari aksiyalarining tushishi o‘z navbatida jahon fond birjalariga salbiy ta'sir o‘tkazmoqda.

Xususan, o‘z ichiga 22 turdagi xom ashyo shartnomalarini oluvchi Bloomberg Commodity indeksi 1.3 foizga yoki 74.17 punktga tushgan. Ushbu indikator nafaqat mahsulot narxining tushishini, balki daromadning tushishi fyuchers shartnomalari egalari ko‘radigan zararlarni hisobga oladi.

Agentlik keltirgan ma'lumotlarda WTI nefti narxi 12 yillik narxni yangilab, bir barreli uchun 31 dollardan pastga tushgan, asalning bir funti esa 2 dollardan quyida, 1 bushel bug‘doy (35 kg dan ortiq) narxi 3,5 dollardan quyida ekani qayd etilgan.

Bundan oldinroq, Brent nefti narxi 31 dollarlik ko‘rsatkichga qaytgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: