WTI nefti narxi 2003 yilgi eng past ko‘rsatkichga yaqinlashdi

Iqtisodiyot 08:57 / 13.01.2016 3843

Neftning WTI (West Texas Intermediate) turi narxi Nyu-York birjasidagi (NYMEX) savdolar chog‘ida 3,79 foizga, ya'ni barreli uchun 30,2 dollarga tushdi. 

Bunday pasayish 2003 yilning dekabridan beri kuzatilmagandi.

London birjasidagi ICE Futures fyucherslariga ko‘ra, Brent nefti narxi 3,61 foizga tushib, bir barreli 30,73 dollarga baholangan.

Savdolar chog‘ida 29,96 dollargacha pasaygan.

Ko‘proq yangiliklar: