Putin: Bozordagi qulash - keskin o‘zgarishlar uchun bahona bo‘lmaydi

Iqtisodiyot 23:18 / 13.01.2016 8387

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatni neft xomashyosi va fond birjalaridagi voqealar rivojlanishini diqqat bilan kuzatishga hamda bu voqealar ta'sirida Rossiya iqtisodida yuz berishi mumkin bo‘lgan ehtimollarni nazarda tutishga chaqirdi. Bu haqda "RIA Novosti" nashri xabar qilgan.

"Biz voqealarning istalgan yo‘nalishda rivojlanishiga tayyor turishimiz kerak. Men bilaman, hukumat ayni vaqtda bu borada kerakli tahliliy ishlarni olib bormoqda. Diqqatingizni shunga qaratmoqchimanki, bu masalalar o‘ta favqulodda ahamiyatga ega. Biz xomashyo bozori va fond birjalaridagi jarayonning istalgan yo‘nalishda rivojlanishiga tayyor turishimiz kerak va shunga mos ssenariylarni tuzishimiz kerak", deya talab qilgan Putin.

Uning qayd etishicha, "bu voqealar nimanidir darhol o‘zgartirish kerak", degani emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat bu vaziyatda o‘zini o‘ta professional tarzda tutishi kerak.

"Biz vaziyat yaxshilanishiga umid qilamiz. Lekin hamisha voqealarning istalgan tomonga burilishiga tayyor turishimiz kerak", deya ta'kidlagan Rossiya prezidenti.

Bundan oldinroq, Rossiya bosh vaziri iqtisodiy vaziyatning yomonlashishiga tayyorlanishni maslahat bergandi.

Rossiya moliya vaziri, agar byudjyet yangi sharoitga moslashtirilmasa, 1998 yil takrorlanishini bashorat qildi

Ko‘proq yangiliklar: