Ukrainada Rossiyadan olib kelinishi taqiqlangan mahsulotlar uchun jarima solinadi

Iqtisodiyot 08:10 / 12.01.2016 2996

Ukraina davlat soliq xizmati fuqarolarga Rossiyadan olib kelinishi taqiqlangan mahsulotlar uchun jarima soladi, deya xabar berilmoqda soliq xizmati saytida.

“Bojxona qoidalarini buzib mahsulotlar olib kelinsa, huquqbuzarlik holati bo‘yicha choralar ko‘rilib, qoidabuzar javobgarlikka tortiladi. “Yashil koridor” orqali Ukrainada taqiqlangan yoki qonunchilik bilan cheklab qo‘yilgan, soliq normasidan ortib ketgan hajmda mahsulotlarning olib o‘tilishi holatida fuqarolarning soliqqa tortilmaydigan daromadlari eng kam darajasining 100 barobarida jarima solinadi”, - deyilgan xabarda.

Avvalroq Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Ukraina mahsulotlari tranzitining taqiqlanishi munosabati bilan Rossiya ustidan jahon savdo tashkilotiga shikoyat yuborish istagini bildirgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: