Uber servisi 2015 yilning birinchi yarmida qariyb 1 mlrd dollar zarar ko‘rdi

Iqtisodiyot 16:56 / 12.01.2016 2995

Uber servisining 2015 yilning birinchi yarimyilligidagi zarari deyarli 1 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bu haqda The Information nashri kompaniya ma'lumotlariga tayanib xabar bergan.

Shu bilan birga kompaniyaning 2014 yilning xuddi shu davri mobaynidagi zarari miqdori 671,4 mln dollarni tashkil qilgani ma'lum bo‘lgan.

Hujjatga muvofiq, Uber 2015 yilning birinchi yarimyilligidagi daromadi 663 mln dollarni, 2014 yilda esa 495,3 mln dollarni tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: