Turkmanistonda “Turkmaniston milliy neft gaz kompaniyasi” – NAPECO” tashkil etilmoqda

Iqtisodiyot 01:06 / 12.01.2016 4576

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov qonunni imzoladi, unga ko‘ra yopiq shakldagi «Türkmen Milli Nebitgaz Kompaniýasy» “Turkmaniston milliy neft gaz kompaniyasi” – NAPECO” ni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Hujjatga ko‘ra, mazkur qaror Turkmanistonning uglevodorod resurslarini izlash, qazib olish va qayta ishlashni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirish maqsadlari uchun xizmat qiladi.

«Türkmen Milli nebitgaz kompaniýasy» “Turkmaniston milliy neft gaz kompaniyasi”da ta'sischilar quyidagicha ulush bilan ishtirok etadi: ustav kapitalidagi ulushi 90 foizni tashkil etgan Turkmaniston Prezidenti huzuridagi uglevodord resurslarini boshqarish va foydalanish davlat agentligi, “Turkmangaz” Davlat konserni - 2 foiz, “Turkmanneft” Davlat konserni - 2 foiz va Neftni qayta ishlovchi zavodlarning Turkmanboshi kompleksi – 5 foiz.

NAPECO faoliyatining asosiy sohalari – qazish ishlarini olib borish, neft va gaz qazib olish, issiqlik-energetika sohasida xalqaro loyihalarni amalga oshirish, deya xabar bermoqda Turkmaniston OAV.

Ko‘proq yangiliklar: