Qirg‘izistondagi banklarda bir kishiga faqat 100 dollar berilishi tufayli vahima ko‘tarilmoqda

Iqtisodiyot 08:05 / 12.01.2016 5459

Qirg‘izistondagi banklarda beriladigan valyuta hajmi banklarga bog‘liq. Katta miqdordagi mablag‘ sotib olinayotganida buyurtma berish zarur. Mutaxassislar bunga turli sabablarni ko‘rsatishmoqda, ana shunday fikrlardan biri – dollarning qozog‘istonliklar tomonidan sotib olinishidir. Som va tanga bir vaqtning o‘zida kursni pasaytirgan.

"Mamlakatning ba'zi banklarida dollarni sotish uchun cheklov o‘rnatilgan" deyiladi Sputnik nashrida.

Misol uchun, “Rosinbank” va “Ekoislamikbank” bir kishiga faqat 100 dollardan ortiq sotmayapti. Vaziyatni tushuntirishni inkor etishmoqda.

“Dollar katta hajmda mavjud emas. Shuning uchun 1 minggacha cheklov bor. Agar katta mablag‘ kerak bo‘lsa, buyurtma berilishi talab etiladi” – deyishmoqda “Demir Qirg‘iz Interneshnl bank” vakillari.

11 yanvar kuni dollar kursi bir oy ichida ilk marotaba ko‘tarilishni boshladi – sotish 76,3 gacha yetdi. Hamkor mamlakatlar valyutasi bilan ham aynan shu vaziyat kuzatilyapti. Qozog‘iston fond birjasi ma'lumotlariga ko‘ra, dollar kursi 356,88 ga yetdi va bu juma kundagi bilan taqqoslaganda 5 tangaga o‘sish demakdir. Rossiya rubli Moskva birjasida dushanba kuni keskin pasayish bilan savdolarni boshladi: 1 dollar narxi 1,64 rublga pastlab, 76,4 rublgacha tushib ketdi.

Ko‘proq yangiliklar: