Brent nefti 2004 yilgi aksilrekordni yangiladi

Iqtisodiyot 13:48 / 12.01.2016 2748

Brent rusumli neft narxi 12 yildan beri birinchi marta 31 dollar/1 barreldan pastga tushdi. RIA Novosti agentligining xabar berishicha, narxlar investorlarning Xitoy iqtisodiyotidagi vaziyatdan tashvishga tushishi munosabati bilan tushib ketmoqda.

Aytilishicha, Londonning ICE birjasida fevral fyucherslari narxlari 8 foizga tushib, 30.8 dollarga yetgan.

Yil boshidan beri mazkur navdagi neft narxlari 12 foizga tushib, dollarning qadri oshishiga zamin yaratdi.

Ko‘proq yangiliklar: