Brent markasidagi neft narxi 2004 yildan beri ilk marta 31 dollardan tushib ketdi

Iqtisodiyot 12:53 / 12.01.2016 2942

Neftning Brent markasi narxi bir barrel uchun 31 dollardan tushib ketdi. Bu esa 2004 yilning fevralidan buyon kuzatilgan eng past ko‘rsatkich bo‘ldi. Bu haqda London birjasidagi savdolar haqidagi ma'lumotlarga tayanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.

12 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:43 da neftning Brent markasi 2,31 foizga arzonlashdi va barreli uchun 30,86 dollardan savdo qilindi.

Bu vaqtda WTI neft markasi 2,94 foizga arzonlashib, barreli uchun 30,48 dollardan savdo qilindi.

Neft narxi 33 dollardan pastladi

Ko‘proq yangiliklar: