Alisher Usmonov va uning biznes hamkori Disney kanalaning 80 foiz aksiyasini qo‘lga kiritdi

Iqtisodiyot 21:03 / 12.01.2016 9504

Rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov va Ivan Tavringa tegishli bo‘lgan «YuTV-xolding» kompaniyasi Disney Russia telekanalining 80 foiz aksiyasiga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda RNS ma'lumot tarqatgan. Bu shartnoma xorijliklarning Rossiyadagi OAV haqidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar doirasida, Rossiya OAVlarida chet elliklar va xorijiy kapital ulushini cheklashni ta'minlash maqsadida amalga oshirilgan.

Endilikda Walt Disney kompaniyasining Rossiyadagi telekanaldagi ulushi 20 foizdan ortiq bo‘lmaydi. Bungacha amerikaliklarning telekanaldagi ulushi 49 foiz edi.

Alisher Usmonov USM’i Disney’ning Rossiyadagi daromadlarini saqlab qolishga yordam berishi haqida xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning avgustida Rossiyaning Federal antimonopoliya xizmati Disney telekanalini reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishda ayblagandi.

Ko‘proq yangiliklar: