Morgan Stanley: Neftning jahon bozoridagi narxi bir barrel uchun 20 dollarga tushib ketadi

Iqtisodiyot 21:55 / 11.01.2016 3782

Amerikaning Morgan Stanley invest banki tahlilchilari Amerika pul birligining mustahkamlanishi sababli neftning jahon bozoridagi narxi bir barrel uchun 20 AQSh dollariga tushib ketadi, degan fikrni bildirishmoqda. Bu haqida Bloomberg agentligi investbankning tahliliy hujjatini manba sifatida ko‘rsatgan holda ma'lumot bergan.

Shuningdek, ekspertlar neft kotirovkalarining bir barrel uchun 60 AQSh dollarigacha tushib ketishi Amerika pul birligining mustahkamlanishi sababli yuz bergan deya hisoblashmoqda. Aynan shu omil neft narxini bir barrel uchun 20-25 AQSh dollarigacha tushirib yuborishi mumkinligi aytilgan.

“Amerika dollarining mustahkamlanishi neftning jahon bozoridagi narxini bir barrel uchun 20-25 AQSh dollarigacha tushib ketishiga olib kelishi mumkin. Bu esa faqat Amerika pul birligi tufayli sodir bo‘ladi” – deyilgan hujjatda.

Neftning jahon bozoridagi narxining bu darajada pasayishi uchun dollarning bor-yo‘g‘i 5 foizgagina mustahkamlanishi yetarli bo‘ladi.

Shunga o‘xshash ssenariy boshqa Amerika investbanki Goldman Sachs tomonidan prognoz qilingan edi, uning tahlilchilari ikki variantni ko‘rib chiqishgan: neft kotirovkalarining bir barrel uchun 20 va 15 AQSh dollarigacha pasayishi.

Ko‘proq yangiliklar: