Mamlakatimiz prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida O‘zbekistonning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 18,5 foizdan oshmayotganini ta'kidlab o‘tdi.
“Dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida O‘zbekistonda mustaqil taraqqiyot yillarida iqtisodiyot qariyb 6 barobar, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlar 9 barobardan ziyod o‘sdi”, - dedi davlatimiz rahbari.
Prezidentimiz so‘zlariga ko‘ra, keyingi 11 yilda, jumladan, joriy 2015 yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur'atlari barqaror ravishda 8 foizdan yuqori bo‘lib kelmoqda, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar mutanosibligi, davlat byudjyeti va to‘lov balansining barqaror ravishda profitsit bilan bajarilishi, eksport va oltin-valyuta zaxiralarining o‘sishi ta'minlanmoqda. Davlatning tashqi qarzi esa yalpi ichki mahsulotga nisbatan 18,5 foizdan oshmayapti.
Islom Karimov: Davlatning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 18,5 foizdan oshmayapti
Kun Yangiliklari
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
25191
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
34361