Qozog‘iston O‘zbekistonga Rossiya gazi tranzitini oshirishga tayyorlanmoqda

Jahon 21:09 / 14.10.2024 4506

Qozog‘iston O‘zbekistonga Rossiya gazi tranzitini oshirish ishlariga tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda QazaqGaz boshqaruvi raisi Sanjar Jarkeshov prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevga hisobot berdi.

Tengrinews xabariga ko‘ra, prezidentga yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishning borishi, tranzit salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi haqida ma’lumot berilgan.

Sanjar Jarkeshov so‘zlariga ko‘ra, «Markaziy Osiyo – Markaz» tizimini modrenizatsiya qilish ishlariga tayyorgarlik boshlangan. Bu O‘zbekistonga Rossiya gazi tranzitini ko‘paytirish maqsadida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, «Olmaota-Bayserke-Talgar» gaz quvurining ikkinchi liniyasi va Olmaota shahridagi 2-IES va 3-IES gaz infratuzilmasi qurilishi yakunlangani, Toldiqo‘rg‘on – Usharal yangi magistral gaz quvuri qurilishi boshlangani haqida hisobot berilgan.

Avvalroq, Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi Markaziy Osiyo mintaqasiga gaz yetkazib berishni ikki barobarga oshirgani haqida xabar berildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Ustyurtdagi geologik ishlar kutilganidek bo‘lmasa, O‘zbekistonga xorijdan gaz import qilish 2030 yilga borib 10-11 mlrd kubmetrga yetishi mumkinligi haqida aytgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: