“O‘zavtosanoat” AK 2015 yilning 9 oyida 61 mlrd. so‘mlik daromad oldi

Iqtisodiyot 22:21 / 06.12.2015 6100

“O‘zavtosanoat” AK bergan ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniya 2015 yilning 9 oyida 61 mlrd. so‘mlik daromad olgan.

Kompaniya tarkibiga kiruvchi eng yirik korxona – yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi “GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasi hisoblanadi. Korxona AQShning “General Motors” kompaniyasi va “O‘zavtosanoat” AK bilan 2008 yil martida yaratilgan.

“O‘zavtosanoat” kompaniyaning 75 foiz aksiyasiga ega, qolgan 25 foiz aksiya AQSh kompaniyasiga tegishli. Qo‘shma korxona tizimiga uchta – Asaka (Andijon viloyati), Toshkent va Pitnakdagi (Xorazm viloyatida) zavodlar kiradi.

Asakadagi zavoddan Matiz, Nexia, Cobalt, Lacetti, Spark mashinalari chiqariladi. 2016 yildan T250 yangi modeli ishlab chiqarish kutilmoqda. Asakadagi zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 250 mingta avtomobilga mo‘ljallangan.

Toshkentdagi zavodda Captiva va Malibu mashinalari yig‘ilib, uning ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 ming avtomobilni tashkil qiladi.

Pitnakdagi zavod yiliga 40 mingta Damas, Labo va Orlando avtomobillari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

GM Uzbekistan AJ korxonalarida umumiy hisobda 7500 dan ko‘proq odam ishlaydi.

“SamAuto” MChJ yuk mashinalari va avtobuslar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, korxona ta'sischilari “O‘zavtosanoat”, “Asaka” banki va Yaponiyaning Itochu Corporation korporatsiyasi hioblanadi. Korxona yiliga 4 mingta avtobus va yuk mashinasi ishlab chiqara oladi. Korxonada 1000 dan ko‘proq odam ishlaydi.

2010 yildan “Samavto” ishlab chiqarish liniyalarida MAN yuk mashinalari yig‘ilgan.

“JV MAN Auto – Uzbekistan” qo‘shma korxonasiga 2009 yil avvgustda “O‘zavtosanoat» va “MAN Nutzfahrzeuge AG” nemis konserni tomonidan asos solingan.

2012 yildan Samarqand viloyatining Jomboy tumanida yiliga 3 mingta yuk mashinasi ishlab chiqaruvchi sex faoliyat yuritib kelmoqda.

2008 yil oktabrda “O‘zavtosanoat” va “General Motors” dvigatellar ishlab chiqaruvchi “GM Powertrain Uzbekistan” qo‘shma korxonasini yaratish bo‘yicha kelishuvni imzolashdi. Korxona 1,2 va 1,5 litrli DOHC dvigatellari ishlab chiqaradi. Bu dvigatellar Asakadagi zavodlarda ishlab chiqariluvchi avtomobillarga o‘rnatiladi va shu bilan birga dvigatellarning kattagina qismi General Motors’ning boshqa davlatlardagi zavodlariga eksport qilinadi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda ehtiyot qismlar yetkazib beruvchi 25 ta yirik va avtomobil ishlab chiqarishida 160 ta mayda korxonalar faoliyat yuritadi.

“O‘zavtosanoat” xorijda 240 dan ko‘proq dilerlik korxonalari va 60 dan ko‘proq mahalliy dilerlarga ega.

Kompaniyaning ma'lum qilishicha, uning ustav kapitali 744,2 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Kompaniya aktivlari 3,3 trln so‘mdan oshib ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: