Rubl va neft narxi OPeK qaroridan keyin quladi

Iqtisodiyot 22:09 / 04.12.2015 15423

Moskva birjasidagi savdolar davomida dollar kursi 68,26 rublga yetdi hamda deyarli 50 tiyinga oshdi. Rossiya rubli OPeKning neft olish hajmini ko‘paytirish haqidagi qarori ortida neft narxi pasayishi oqibatida o‘z mavqeini yo‘qotmoqda. Bundan birjadagi ma'lumotlar guvohlik bermoqda.

4 dekabrda OPeK ishlab chiqarish kvotalarini kuniga 31,5 mln barrelgacha oshirdi. Shundan keyin Brent nefti narxi 44,64 dollardan 42,76 dollarga pasaydi. Moskva vaqti bilan soat 17:50 da ushbu neft turi 43,17 dollardan sotilayotgan edi.

3 dekabrda OPeK a'zolaridan biri bo‘lgan Eron neft qazib olishni kuniga 2 mln barrelga qisqartirishga chaqirgan edi. Eron neft vazirining fikricha, bunday chora me'yoridan ortiq talabga ega bozorni muvozanatlashga yordam berishi kerak.

13 noyabrda Rossiya Moliya vaziri Anton Siluanov davlat byudjyeti 2016 yilda neft narxi pasayishi tufayli yana bir trln rubl yo‘qotishi mumkinligi aytgandi. Byudjyet ko‘rsatkichlari neft narxi o‘rtacha 50 dollarni tashkil qilishidan kelib chiqib qabul qilingan.

Sentyabrda OPeKka a'zo davlatlar kuniga 31,71 mln barrel qazib olishgan va shu tariqa o‘zlarining kuniga 30 mln barrel neft qazib olish bo‘yicha kvotalarini buzishgan.

Ko‘proq yangiliklar: