Murad Buildings tavallud ayyomini qanday nishonlaydi?

Iqtisodiyot 09:36 / 30.11.2015 6891

Ko‘pchilik yangi va chiroyli uydagi xonadonni sotib olish va darhol unga ko‘chib kirishni istaydi. Biroq har kim ham ta'mir bilan bog‘liq ishlarni boshdan o‘tkazishni xohlayvermaydi. Hammada ham buning uchun mahorat va vaqt mavjud emas. Ta'mirga ega xonadon sotib olish esa deyarli ikki baravar qimmatga tushadi.

Murad Buildings kompaniyasi tashkil topgan kun munosabati bilan xaridorlar uchun syurprizlar tayyorlashga qaror qildi va yangi «Ko‘kcha Qo‘rg‘oni» turar-joy kompleksida bepul ta'mirni sovg‘a sifatida berilishini e'lon qildi.

Uy joriy yilda qurilgan, undagi bir necha xonadon egalari ko‘chib kelishgan, qolganlarida esa ta'mirlash ishlari ketyapti. Kompaniya bir necha xonadonni tanlab olib, ularda mustaqil ravishda ta'mirni amalga oshirdi va uni birinchilardan bo‘lib sotib olganlarga taqdim etishni rejalashtirgan.

Faqatgina uch kun - 5, 6 va 7 dekabrda sizda ta'mirga ega bo‘lgan xonadonni ta'mir etilmagan xonadon narxida xarid qilish imkoni bor!

Ushbu sanalar «Ko‘kcha Qo‘rg‘oni» turar-joy kompleksida ochiq eshiklar kunlari deb e'lon qilindi. Bu kunlarda kompaniya rahbariyati har bir tashrif buyuruvchi uchun obekt bo‘ylab maroqli ekskursiya tashkil etadi.

Kompaniya va boshqa obektlar to‘g‘risidagi batafsil ma'lumotga www.mbc.uz sayti orqali ega bo‘lishingiz mumkin.

Bepul ta'mir ko‘rinishidagi sovg‘adan tashqari, kompaniya mazkur xonadonlarni sotishdan tushgan mablag‘larning bir qismini Toshkent shahrining boshqa tumanlarida bolalar maydonchalarini qurish uchun ajratishni rejalashtirmoqda.

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: