YeI Qirg‘izistonga ijtimoiy islohotlar uchun 30 mln yevro ajratadi

Iqtisodiyot 11:39 / 25.11.2015 1919

Qirg‘iziston Yevropa Ittifoqidan ijtimoiy sektorda islohotlar o‘tkazish uchun 30 mln yevro oladi. Qirg‘iz Respublikasi va YeI o‘rtasidagi kelishuv ratifikatsiyasini xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi ma'qulladi, deb xabar beradi Qirg‘iziston telegraf agentligi.

“Sektor islohoti shartnomasi – Qirg‘iz Respublikasida ijtimoiy himoya” loyihasiga muvofiq YeI 2015-2017 yillar uchun 30 mln yevro miqdorida grant taqdim etadi. Bu summaning 26 mln dollarlik qismi uch transh bilan respublika byudjyetini qo‘llab-quvvatlashga, 4 mln yevro esa dasturlarni amalga oshirishdagi texnik ko‘makka yo‘naltiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: