Buyuk Britaniya hukumati Royal Bank of Scotland bankining 28 mlrd funt sterlinglik (38 mlrd dollarlik) aksiyasini sotishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Buyuk Britaniya Moliya vaziri Jorj Osbornning “kuzgi nomasida” aytilmoqda. U bu nomasini parlamentda taqdim qildi.
“Hukumatda bu aktivlarga egalik qilishga boshqa ehtiyoj yo‘qligi sababli, u davlat sektorining sof qarzdorligini qisqartirish uchun ulardan qutulishga harakat qiladi”, deyilmoqda hujjatda.
Bunda aksiyalarning katta qismini 2020 yildagi parlamentdagi mandat tugaguncha va yana 5,8 mlrd funt sterlinglik aksiyalarni 2020-2021 yillarda sotish rejalashtirmoqda.
Avgustda Britaniya hukumati bankning 2 mlrd funt sterlinglik aksiyalarini sotgan edi, bu bankdagi butun davlat aktivlarining 5,2 foizini tashkil qilgan. Hammasi bo‘lib davlatga bu bankning 78 foizi tegishli bo‘lib, u 32 mlrd funt sterlingga (48,3 mlrd dollarga) baholanadi.