2015 yilda O‘zbekistonda 7.9 mln tonna sement ishlab chiqariladi

Iqtisodiyot 13:04 / 24.11.2015 1905

2015 yilda O‘zbekistonda 7.9 mln tonna sement ishlab chiqariladi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” nashri yozmoqda.

Qurilish materiallari ishlab chiqarishda 76 foiz ulushni qamrab oluvchi bu mahsulot 2002 yilda 3.7 mln tonna miqdorida ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2014 yilda bu ko‘rsatkich 7.5 mln tonnaga yetdi. Tsement ishlab chiqarish yiliga o‘rtacha 3.5 foizga o‘sib, 2019 yilda 8.9 mln tonnani tashkil qiladi.

2015-2019 yillarda struktur o‘zgarishlarni ta'minlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston sement bozorining asosiy ishtirokchisi bo‘lmish “Qizilqumsement” texnik qayta jihozlanishi ko‘zda tutilgan. Ushbu jarayonga 30.7 mln dollar sarflanadi.
Shuningdek, “Bekobodsement” AJ 5.5 mln dollarga qayta jihozlanadi.
Ayni paytda kompaniyalar tizimida 4 sement ishlab chiqaruvchi zavod ishlamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: