Nomura: rubl juda qimmat va Rossiya hukumati uni 13 foizga arzonlatishga majbur bo‘ladi

Iqtisodiyot 11:13 / 23.11.2015 5405

Rubl juda qimmat va Rossiya monetar hukumati uni kuchsizlantirish uchun valyutalar sotib olish maqsadida bozorga chiqarishga majbur bo‘ladi, deya hisoblamoqda Yaponiyadagi Nomura banki ekspertlari.

Ular fikricha, bu kabi choralar amalga oshirilmasa, Rossiya zaxira fondi juda tez tugab qoladi. Nomura tahlilchilari 2015 yil oxiriga qadar rubl yana 13 foizga kuchsizlanishi lozimligini ta'kidlamoqda, shundagina yetishmayotgan byudjyet tushumlari o‘rni qoplanadi.
Brent markali neft narxi rublda 2900 ga qadar pastladi. Rossiyaning Urals nefti bundan ham og‘irroq holga tushdi. Byudjyet esa neft bahosi 3165 rubl atrofida bo‘lganida yetishmovchiliklarga duch kelmaydi.

Bir necha kun muqaddam esa Rossiya banklari so‘nggi 20 yil ichidagi eng yirik miqyosli inqirozni boshdan kechirgani ma'dum bo‘lgan edi. Shu sababli o‘tgan haftada Rossiya hukumati iqtisodiyotni saqlab qolish uchun valyuta sotishga va'da berdi. Mazkur ma'lumotlar Rossiya bor-yo‘g‘i bir oy ichida o‘z valyuta zaxira fondining 10 foizini sarf qilgani haqida xabar qilinganidan so‘ng tarqaldi.

Ko‘proq yangiliklar: