Eron OPeKdan neft ishlab chiqarish hajmini kamaytirishni so‘radi

Iqtisodiyot 17:03 / 21.11.2015 2687

Eron hukumati neft eksport qiluvchi davlatlardan neft ishlab chiqarish hajmini kamaytirishni so‘radi. Bu haqda "RIA Novosti" nashri xabar tarqatgan.

Bu haqdagi ma'lumot Eron neft vaziri Bijan Namdar Zangane tomonidan aytilgan.

"OPeK davlatlari kelishilganidan ortiq neft ishlab chiqarmasligi kerak. Men ulardan belgilangan kvotalar bo‘yicha neft chiqarishni va hozirdagi miqdorlarni kamaytirishni so‘rayman", degan Zangane.

Uning aytishicha, bu Eron ham qisqartirishlar amalga oshirishini anglatmaydi.
"Bozorga qaytish - bizning huquqimiz", degan vazir.

Biroz oldinroq, Zanganining o‘rinbosari Amir Xosayn Zamaniniy Eronda kuniga neft yetishtirish ko‘rsatkichi 1 mln barrelga yetkazilishini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: