Eng ko‘p soliq to‘lanadigan davlatlar

Iqtisodiyot 16:14 / 21.11.2015 16963

Yaqinda Butunjahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksi – jahon iqtisodiyoti holatining yillik ma'lumotnomasi e'lon qilindi.

BIF ma'lumotnoma tayyorlashda ko‘plab ko‘rsatkichlarni – biznes yuritish uchun yaratilgan sharoitlardan tortib amaldorlarning pora olishigacha hisobga oladi. Ko‘rsatkichlardan biri soliq miqdori bo‘lib, u qanchalik yuqori bo‘lsa, raqobatbardoshlik shuncha past bo‘ladi.

Bu ko‘rsatkichni o‘lchash uchun “umumiy soliq stavkasi”dan foydalaniladi.

Bu beshta turdagi soliqlarning umumiy yig‘indisi bo‘lib, ular quyidagilardir: daromad yoki korporativ daromad solig‘i, ijtimoiy yig‘imlar va ish beruvchi tomonidan to‘lanadigan mehnatga to‘lov jamg‘armasi solig‘i, mol-mulk solig‘i, aylanma mablag‘ solig‘i va boshqa mayda soliqlar. Bunga ishchi kuchi yollagani uchun to‘lanadigan soliq kiradi.

Quyidagi mamlakatlar dunyodagi eng ko‘p miqdorda soliq olinadigan mamlakatlar hisoblanadi.

19. Ispaniya: 58,2 foiz

Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy

Ro‘yxatda 19-o‘rinda bo‘lishiga qaramasdan, Ispaniya Yevropa davlatlari ichida atigi uchinchi o‘rinda.

 

18. Hindiston: 61,7 foiz

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Xalqaro yoga kunida fuqarolar bilan yoga mashg‘ulotlarida

Moliya vaziri Arun Jyeytli korporativ soliqlar darajasini 5 foizga tushirmoqchi.

 

17. Tunis: 62,4 foiz

Fuqaro qo‘llarida Tunis bayrog‘ini ko‘targancha 2011 yilgi inqilobning to‘rt yilligini nishonlamoqdat

Tunis umumiy soliq stavkasi bo‘yicha Shimoliy Afrikada ikkinchi o‘rinda turadi.

 

16. Benin: 63,3 foiz

Benin prezidenti Boni Tomas Yai o‘tish hukumatining qaytishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etmoqda

Jahon bankining ma'lumotiga qaraganda, mamlakatda korporativ daromad solig‘i atigi 15,9 foizni tashkil etadi, lekin qolgan soliqlarning miqdori biznesga ortiqcha bosim yuklaydi.

 

15. Gambiya: 63,3 foiz

Gambiya va AQSh rahbarlari oilalari Afrika mamlakatlari yetakchilari sammiti vaqtida

Gambiyada tabiiy boyliklar yo‘q, u dunyoning eng qashshoq mamlakatlaridan biri. Bu yerda soliq daromaddan emas, mablag‘ aylanishidan olinadi.

 

14. Chad: 63,5 foiz

Chad prezidenti Idris Debi Keniata xalqaro anjumanlar markazida terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha sammitda Afrika ittifoqining tinchlik va xavfsizlik kengashiga murojaat qilmoqda

Gambiya singari Chad ham qishloq xo‘jaligi evaziga yashaydi va judayam qashshoq mamlakat. Soliqlar mablag‘ aylanmasining 1,5 foiz ini yoki daromadning 40 foizini tashkil etadi.

 

13. Xitoy: 64,6 foiz

Ushbu ro‘yxatdagi boshqa mamlakatlar singari Xitoyda ham ayrim soliqlar korxonalarning daromadidan emas, mablag‘ aylanmasidan olinadi.

 

12. Italiya: 65,4 foiz

Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi

Bu davlat o‘zining yuqori darajadagi soliqlari bilan nom qozongan, lekin Yevropada birinchi o‘rinni boshqa mamlakatga bo‘shatgan.

 

11. Venesuela: 65,5 foiz

Venesuela va Kolumbiya chegarasidagi Tachira daryosi orqali muzlatgich olib o‘tayotgan kishi

Venesuela hukumati yuqori soliq siyosatiga amal qiladi, sobiq prezident Ugo Chaves davrida esa xorijiy neft kompaniyalaridan olinadigan soliq osmon qadar ko‘tarilib ketgandi.

 

10. Nikaragua: 65,8 foiz

Nikaragua prezidenti Daniel Ortega (chapda) va Nikaragua armiyasi bosh qo‘mondoni Xulio Sezar Aviles Nikaragua armiyasi tashkil etilganligining 36 yilligiga bag‘ishlab Xuan Pablo II maydonida o‘tkazilayotgan harbiy paradda

2012 yilda Xalqaro valyuta jamg‘armasi mamlakat hukumatiga korporativ soliq tizimini soddalashtirishni taklif etgan.

 

9. Fransiya: 66,6 foiz

Odamlar Ronald Makdonaldning haykalini ko‘tarib olishgan. Qishloq xo‘jalik ishchilari kasaba uyushmasi yetakchisi Joze Bove va “McDonald's” korporatsiyasi o‘rtasidagi sudning ikkinchi kuni

Hukumat islohotlar o‘tkazishga va korporativ soliq miqdorini kamaytirishga va'da bergan bo‘lsa-da, mamlakat Yevropada soliqlar bo‘yicha birinchi o‘rinda.

 

8. Gvineya: 68,3 foiz

Fransiya prezidenti Fransua Olland (chapda) va Gvineya prezidenti Alfa Umar Konde Konakri aeroportidagi kutib olish marosimida madhiya tinglashmoqda

Gvineyada korporativ soliqning katta qismi o‘tgan yilgi mablag‘ aylanmasidan yagona stavka bo‘yicha hisoblanadi.

 

7. Braziliya: 69 foiz

Braziliya prezidenti Dilma Rusef elektroenergetika bo‘yicha investitsiya dasturiga bag‘ishlangan marosimda

O‘tgan yili Lotin Amerikasining eng yirik mamlakatida soliq tizimidagi islohotlar doirasida ish haqidan ushlanadigan 20 foizlik soliq bekor qilindi.

 

6. Mavritaniya: 71,3 foiz

Mavritaniya prezidenti Muhammad ul Abdul Aziz Pekindagi xalq majlisi katta zalida XXR prezidenti Si Tszinpin (suratda yo‘q) bilan hujjatlar imzolash jarayonida

2013 yili qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan bu mamlakat xorij kompaniyalari uchun yaxlit 15 foizli daromad solig‘ini joriy etdi.

 

5. Jazoir: 72,7 foiz

Jazoirlik futbol ishqibozlari 2014 yilgi jahon chempionati paytida Jazoir-Rossiya uchrashuvidan so‘ng milliy bayroqlarini ko‘tarishmoqda

Jazoirda barcha Afrika mamlakatlari orasida eng yuqori soliq darajasi mavjud.

 

4. Kolumbiya: 75,4 foiz

Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos

Mamlakatda boylik uchun soliq amal qiladi. Kolumbiya soliq miqdori bo‘yicha jahonda to‘rtinchi, Lotin Amerikasida uchinchi o‘rinni egallaydi.

 

3. Tojikiston: 80,9 foiz

Harbiylar milliy armiya tashkil etilganligining 17 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan paradda

Bu mamlakatda mablag‘ aylanmasidan 2 foiz soliq olinadi.

 

2. Boliviya: 83,7 foiz

 

Boliviyalik dengizchilar “Dengiz kuni” bayramiga bag‘ishlangan tadbirda

Boliviyada operatsiyalar uchun solinadigan 3 foizlik soliq kompaniyalar daromadining 60 foizini olib qo‘yadi — va bu boshqa soliqlar hisoblanishidan oldin bo‘ladi. Lekin Boliviya ushbu ro‘yxatdagi yetakchi, yana bir Lotin Amerikasi mamlakatidan bu borada ortda qoladi.

 

1. Argentina: 137,3 foiz

Argentina prezidenti Kristina Fernandes de Kirshner Buenos-Ayresdagi Kassa-Rosada saroyida maktablarni ta'mirlash uchun ajratilgan yangi subsidiyalar va imtiyozlar haqida so‘zlamoqda

Hisob-kitoblarga qaraganda, Argentinada umumiy soliq stavkasi korporativ daromadning 100 foizidan oshadi. Birgina mablag‘ aylanmasidan olinadigan soliq 90 foiz pulni “yeb yuboradi”, bundan tashqari ish haqi va moliyaviy o‘tkazmalar uchun ham soliq olinadi.

Manba: Xabardor.uz internet nashri
Ko‘proq yangiliklar: