Nike kompaniyasi 12 mlrd dollarlik o‘z aksiyalarini qaytarib sotib oladi

Iqtisodiyot 17:09 / 20.11.2015 3092

Dunyodagi sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi eng yirik Nike kompaniyasi direktorlar kengashi 12 mlrd dollarlik o‘z aksiyalarini qaytarib sotib olish hamda A va V sinfidagi aksiyalarni bo‘lish bo‘yicha yangi dasturni ma'qullaganini e'lon qildi.

Ayni paytda kompaniyada 8 mlrd dollarlik aksiyalarni qaytarib sotib olish bo‘yicha dastur amal qilmoqda. Yangi 4 yillik dastur joriy dasturdan keyin boshlanadi. Joriy dastur 2016 yilning may oyi oxirida yakunlanadi.

Nike aksiyalarining bo‘linishi 23 dekabrdagi aksiyalar ko‘rinishida dividendlarni to‘lash orqali amalga oshiriladi.

1964 yilda Fil Nayt va Bill Bauerman tomonidan yaratilgan kompaniya hozirda o‘zining bosh raqobatchisi Adidas’ni ortda qoldirmoqda hamda kichikroq raqobatchilaridan ancha oldinda bormoqda.

Oktyabrda kompaniya yaqin besh yilda o‘tgan davrga nisbatan tezroq o‘sishni kutayotganini aytgan. Nike 2020 moliyaviy yilda o‘zining tushumini elektron tijorat, ayollar uchun mahsulotlar va Jordan brendi buyumlarini sotish hisobiga 63 foizga, ya'ni 50 mlrd dollargacha ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: