Ukraina elektr energiyasining arzonligi bo‘yicha Yevropada birinchi o‘rinni egalladi

Iqtisodiyot 18:17 / 19.11.2015 2935

Yevropa davlatlari ichida elektr energiyasining narxlari eng arzon davlat deb Ukraina topildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Ikkinchi o‘ringa Qozog‘iston ega bo‘ldi. Tadqiqot “RIA Reyting” tomonidan o‘tkazildi.
“Ukrainaning yetakchiligi aholi daromadining pastligi, shuningdek, faol elektorat tomonidan ijtimoiy norozilik bildirilishidan cho‘chish bilan tushuntiriladi, - deb yozadi nashr. – Natijada hukumat iqtisodiy omillarning bosimi va Xalqaro valyuta jamg‘armasining tavsiyalariga qaramay, elektr energiyasi narxlarini past darajada saqlashga majbur”.

Uchinchi o‘rinda Rossiya turibdi. Elektr narxi eng qimmat davlat deb Daniya topildi.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yiling 1 oktabridan O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi ta'minoti narxlari 8 foizga oshirilgan edi. Unga ko‘ra, 1 Vt/soat energiyaning narxi 167.40 so‘mni tashkil qiladi

Ko‘proq yangiliklar: