“Agrobank” ATB ustav kapitalini o‘stirish uchun 100 mlrd so‘m oladi

Iqtisodiyot 13:53 / 19.11.2015 4170

“Agrobank” ATBning ustav kapitali 100 mlrd so‘mga o‘sadi. Bu haqda bankning matbuot xizmati tarqatgan xabarnomada aytildi.

Unda aytilishicha, 2015 yil 26 oktabr kuni davlat rahbari tomonidan imzolangan “Banklar kapitalizatsiyasini yanada oshirish va ularning investitsion faolligini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq O‘zbekiston moliya vazirligi bankning ustav kapitalini oshirish maqsadlariga qo‘shimcha ravishda 100 mlrd so‘m ajratadi.

Bankning 2015 yil yanvar-sentabr oylaridagi hisobotlariga ko‘ra, uning ustav kapitali 267.648 mlrd so‘mdan oshadi.

Ko‘proq yangiliklar: