AQSh sudya buyrug‘iga zid ravishda venesuelalik mafiyachilarni deportatsiya qildi
Oq uy matbuot kotibi prezident ma’muriyati sud buyrug‘ini «bajarishdan bosh tortmaganini» aytdi va buyruq «terrorchilar AQSh hududidan chiqarib yuborilganidan keyin» berilganini ta’kidladi.

Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati 16 mart kuni XVIII asrdagi urush davrida amal qiladigan qonundan foydalangan holda venesuelalik mafiya a’zolarining deportatsiya etilishini e’lon qildi. Vaholanki, sud bu qonunni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ygan edi, deb yozdi The Wall Street Journal.
16 mart kuni sudya Jyeyms Bosberg prezidentga AQSh qamoqxonasidagi chet el fuqarolarini deportatsiya qilish uchun «Dushmanlik ruhidagi xorijliklar» qonunidan foydalanishni taqiqlagan edi.
Sud mahkamasida Amerika fuqarolari erkinliklari ittifoqi (ACLU) advokati Li Gelernt venesuelaliklar ortilgan ikkita samolyot allaqachon Qo‘shma Shtatlarni tark etganini aytdi. Sudya bu samolyotlarni zudlik bilan Qo‘shma Shtatlarga qaytarishni buyurdi.
Oq uy matbuot kotibi Kerolin Livitt prezident ma’muriyati sud buyrug‘ini «bajarishdan bosh tortmaganini» aytdi va buyruq «terrorchilar AQSh hududidan chiqarib yuborilganidan keyin» berilganini ta’kidladi. Manbalarga ko‘ra, Oq uyning yuqori martabali amaldorlari sud qarorini qanday bajarish haqida qaror qabul qilish uchun yig‘ilgan, ammo, baribir o‘z rejalarini amalga oshirishda davom etishga qaror qilgan.
17 mart kuni Davlat kotibi Marko Rubio Salvadorning Tren de Aragua jinoiy guruhi a’zolari deportatsiya qilinganini aytdi. Tramp ma’muriyati bildirishnomasida Tren de Aragua guruhi «Amerika Qo‘shma Shtatlariga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va Venesueladagi Maduro rejimining ko‘rsatmasi bilan dushmanlik harakatlari va tartibsiz urush olib borayotgani» ta’kidlanadi.
«Dushmanlik ruhidagi xorijliklar» to‘g‘risidagi 1798 yilda qabul qilingan qonun prezidentga urush paytida AQShga dushman hisoblangan mamlakatlar fuqarolarini deportatsiya qilish imkonini beradi. Bu qonun so‘nggi marta Ikkinchi jahon urushi paytida qo‘llangan.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet»da majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi
O‘zbekiston | 13:31
-
Husiychilarning hujumi, Tramp va Putin muloqotiga tayyorgarlik va Ozodlik haykalini qaytarishni so‘ragan fransuz - kun dayjesti
Jahon | 13:16
-
Ikkilamchi avtomobil bozori: Lacetti, Cobalt, Spark va Onix narxi arzonlashdi
O‘zbekiston | 12:42
-
«Begonalar zulm qilgani yo‘q, ammo o‘zimiznikilardan yordam kutmay qo‘ygandik» - sudjaliklar
Jahon | 12:32
Mavzuga oid

14:55
Dunyoning asosiy gastronomik shahri ma’lum qilindi

00:43
AQSh Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishi mumkin - OAV

22:02 / 17.03.2025
Tramp husiylar tufayli Eronga «dahshatli oqibatlar» bilan tahdid qildi

19:25 / 17.03.2025