Quyoshdagi uchta teshik tufayli Yerning geomagnit holati yomonlashdi
Hozir teshiklar yo‘qolib ketish jarayonida, ammo Yerga ta’sir qilish qobiliyatini saqlab qolgan.

Foto: xras.ru
Olimlarning fikricha, Yerning geomagnit muhitida sezilarli darajada yomonlashuv kuzatilmoqda. Bu haqda Rossiya Quyosh astronomiya laboratoriyasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, bunga Quyosh tojidagi teshik sabab bo‘lgan, so‘nggi ikki oy ichida bunday holat bir necha bor kuzatilmoqda.
Hozir teshiklar yo‘qolib ketish jarayonida, ammo Yerga ta’sir qilish qobiliyatini saqlab qolgan.
«Hozir Yerga uchta kichik teshik ta’sir qilmoqda, shuning uchun ta’sir qisqa muddatli bo‘lishi kutilyapti», deb yozdi olimlar.
9 mart kuni ertalab geomagnit maydondagi tebranishlar darajasi magnit bo‘roni chegarasidan ikki baravar yuqori bo‘lgan. Bo‘ronlarning oxirgisi hali ham davom etmoqda. Ikkala holatda ham G1-G2 diapazonidagi, ya’ni zaifdan o‘rtagacha bo‘lgan bo‘ronlar haqida gap ketyapti.
10 mart oxiriga qadar vaziyat yaxshilanishi kutilyapti.
Mavzuga oid

16:51 / 16.11.2024
Bundan 50 yil oldin o‘zga sayyoraliklarga birinchi xabar yuborilgandi. Unda nimalar yozilgan?

20:25 / 14.11.2024
Kichik asteroid Yer bilan to‘qnashishdan atigi ikki soat oldin aniqlandi

00:32 / 25.10.2024
Quyoshda kuchli chaqnash sodir bo‘ldi. Bu Yerda magnit bo‘ronini yuzaga keltirishi mumkin

21:01 / 09.09.2024