Quyoshda X3.3 sinfidagi kuchli chaqnash sodir bo‘ldi. Bu akademik Yevgeniy Fyodorov nomidagi Amaliy geofizika instituti xabar berdi.
«3868 (S16E76) dog‘lar guruhidagi rentgen diapazonida X3.3 chaqnashi sodir bo‘ldi va u 44 daqiqa davom etdi. Chaqnash qisqa to‘lqinli radioaloqaning qisman uzilishiga olib keldi», — deyiladi xabarda.
Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘linmasi Quyosh-Yer fizikasi institutining ma’lumotlariga ko‘ra, 24 oktyabr kuni Quyoshda to‘rtta chaqnash sodir bo‘lgan — ularning oxirgisi «qizil» darajada, qolganlari kuchsiz.
Ekspertlarning prognozlariga ko‘ra, 25 oktyabr kuni tonggi soat 06:00 dan kun yarmigacha kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin.
Oktyabr boshidan beri Quyoshda to‘rtta kuchli chanqash sodir bo‘ldi. Ushbu hodisalar rentgen nurlanishining kuchiga qarab sinflarga (A, B, C, M va X) ajratiladi. Eng kichik sinf — A0.0 bo‘lib, u Yer orbitasida 1 metr kvadrat uchun 10 nVt radiatsiya kuchiga to‘g‘ri keladi. Chaqnashlar oqibatida odatda plazma ajraladi. Ular Yerga qadar yetib kelishi va magnit bo‘ronlarini hosil qilishi mumkin.
Magnit bo‘ronlarining eng kuchli ta’sirini elektron apparatlar, asosan, sun’iy yo‘ldoshlar, kosmik stansiyalardagi texnika va uskunlar «his qiladi». Yerdagi sezgir elektron qurilmalar faoliyati ham buzilishi mumkin.