Reuters: AQSh Rossiya neft va gaziga nisbatan sanksiyalarni yumshatishi mumkin
Oq uy AQSh moliya vazirligiga Rossiya neft-gaz sektoriga qarshi sanksiyalarni yumshatish imkoniyatlarini o‘rganishni topshirdi, deb xabar bermoqda Reuters. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva yon bergan taqdirdagina sanksiyalar bekor qilinadi.

Foto: Igor Onuchin/imago images/ITAR-TASS
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati moliya vazirligiga Rossiya neft-gaz sektoriga qarshi sanksiyalarni yumshatish imkoniyatlarini o‘rganishni topshirdi. Bu haqda 7 mart, juma kuni manbalarga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.
Moskva yon bersa, sanksiyalar bekor qilinishi mumkin
Agentlik manbalariga ko‘ra, Oq uy moliya vazirligidan energetika sohasida sanksiyalarni yumshatish variantlarini o‘rganishni so‘ragan. Bu Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha kutilayotgan muzokaralar oldidan amalga oshirilmoqda.
Vashington tinchlik kelishuviga erishilsa, sanksiyalarni tezda bekor qilish yo‘lini ishlab chiqmoqchi, dedi Reuters manbalari. Shu bilan birga, ular AQSh Rossiyadan qandaydir imtiyozlarsiz sanksiyalarni bekor qilish niyatida emasligini aniq ko‘rsatdi.
Avvalroq Reuters AQSh bir qator rossiyalik oligarxlarga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida yozgan edi. Rossiyadagi Amerika savdo palatasi ham sanksiyalarni qisman olib tashlash taklifini ilgari surdi.
Tramp yangi sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda
12 fevral kuni Tramp Saudiya Arabistonida Putin bilan uchrashishini aytdi. Reuters qayd etishicha, sanksiyalarni yumshatish muzokaralarning markaziy elementi bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, 7 mart kuni Oq uy rahbari Rossiya Ukrainaga qarshi urushni to‘xtatishdan bosh torsa, yangi sanksiyalar bilan tahdid qilgan edi.
Mavzuga oid

19:40
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda

16:37
CNN: AQSh Saudiya Arabistonida nafaqat Ukraina, balki Rossiya bilan ham alohida muzokaralar o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:30 / 08.03.2025