Iqtisodiyot | 13:21 / 02.03.2025
2371
2 daqiqa o‘qiladi

Yanvarda qaysi hududlarda iste’molchilar ko‘proq keshbekka ega bo‘lgani ma’lum qilindi

To‘langan keshbeklarning eng katta qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Keyingi o‘rinda Toshkent viloyati joylashgan.

O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar oyi uchun iste’molchilarga 28 fevral sanasigacha 118,5 mln dona chekka 92,6 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

To‘langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:

·      Toshkent shahri - 37,1 mlrd so‘m;

·      Toshkent viloyati - 9,2 mlrd so‘m;

·      Samarqand viloyati - 8,5 mlrd so‘m;

·      Farg‘ona viloyati - 5,9 mlrd so‘m;

·      Andijon viloyati - 4,5 mlrd so‘m.

Avvalroq O‘zbekistonda iste’molchilarga 2024 yilda olingan (4 fevral holatiga) 1 mlrd chek uchun 1 trln so‘mdan ortiq keshbek to‘langani xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obektlarida amalga oshirilgan xaridlarga berilgan cheklar uchun keshbek 2022 yilda joriy qilingan.

2024 yil yanvardan aholiga qaytariladigan 1 foizlik keshbek summasiga BHMning 60 baravari miqdorida chegara o‘rnatildi.

Mavzuga oid